AsosiySiyosat

Bosh vazirga yangi o`rinbosar tayinlandi

'Bosh vazirga yangi o`rinbosar tayinlandi'ning rasmi

Aziz Abduhakimov O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o`rinbosari — Ta`lim, sog`liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport masalalari kompleksining rahbari etib tayinlandi.

"Xalq so`zi"ning xabar berishicha, bu haqda O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning tegishli Farmoni imzolangan.

Abduhakimov bugungi kunga qadar Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi raisi lavozimida ishlab kelayotgandi.

Ma`lumot uchun, Abduhakimov 2014 yilda sobiq Mehnat va aholini muhofaza qilish vazirligi (hozirda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi) vaziri sifatida ishlagandi. 2017 yilning avgust oyidan beri Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi raisi lavozimida ishlab kelayotgandi.

Eslatib o`tamiz, oldinroq Bosh vazir o`rinbosari Qahramon Valievich Akmalov lavozimdan ozod qilingani haqida xabar berilgandi.

    Boshqa yangiliklar