1

O`zbekiston delegasiyasi Jenevadagi Xalqaro 107-mehnat konferensiyasida qatnashmoqda

Siyosat 28.05.2018, 17:24
O`zbekiston delegasiyasi Jenevadagi Xalqaro 107-mehnat konferensiyasida qatnashmoqda

O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o`rinbosari T.Narbaeva boshchiligidagi delegasiya Jenevadagi Xalqaro 107-mehnat konferensiyasi ishida ishtirok etmoqda. Bu haqda O`zA xabar berdi.

Konferensiyada ijtimoiy muloqot va mehnat bozoridagi gender tengligi kabi mehnat sohasidagi dolzarb masalalar muhokama qilinadi.

O`zbekistonda aholi uchun loyiq mehnat sharoitlarini yaratish bo`yicha keskin choralar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, Xalqaro mehnat tashkiloti bilan ijtimoiy mehnat munosabatlari sohasida ijobiy ish tajribasi to`planganligi to`g`risida o`zbek delegasiyasi a`zolari ma`lum qiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1