AsosiySport

Jahon chempionatidagi barcha hakamlarga bir xil haq to`langan

Rossiyalik sobiq FIFA hakami Valentin Ivanov "Sport ekspress" nashriga bergan intervyusi davomida jahon chempionatida hakamlarga qancha haq to`langani haqida gapirib o`tdi.  

Uning so`zlariga ko`ra, bu safar hakamlarga 2010 yilga nisbatan ko`proq to`lashgan. Ammo, Ivanov qancha to`langanini oshkor qilmadi. Shuningdek, hakamlar har bir uchrashuv uchun emas, balki butun musobaqa uchun haq olishgan.

“Hammaga bir xil pul berilgan - bosh hakamga ham, yordamchilariga ham. Qancha o`yin o`tkazgani ham ahamiyatsiz. FIFAning siyosati shunaqa”,-deydi Valetin Ivanov.

    Boshqa yangiliklar