1

Vladimir Putin O`zbekistonga tashrif buyuradi

Siyosat 30.05.2018, 17:24
Vladimir Putin O`zbekistonga tashrif buyuradi

Bugun, 30 may kuni Rossiyada amaliy tashrif bilan bo`lib turgan O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Moskva shahrida «Primakov o`quvlari» xalqaro forum ishida ishtirok etish doirasida Rossiya Federasiyasi Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashdi.

O`zbekiston TIV rahbari jahonda e`tirof etilgan ilmiy-ekpertlik maydonidan biri va yirik olim-sharqshunos, Rossiyaning atoqli davlat va jamoat arbobi, sobiq Bosh vaziri va Tashqi ishlar vaziri xotirasiga bag`ishlangan forumning muvaffaqiyatli o`tkazilishi bilan S.Lavrovni tabrikladi.

TIV axborot xizmati xabariga ko`ra, uchrashuvda O`zbekiston-Rossiya kun tartibidagi bir qator dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Avvalo Toshkent shahrida kuz oyida o`tkazilishi rejalashtirilgan prezidentlar Shavkat Mirziyoev va Vladimir Putin uchrashuvi kun tartibi yuzasidan takliflar ko`rib chiqildi.

Muzokaralarda Rossiya Prezidentining O`zbekistonga bo`lajak davlat tashrifi ittifoqlik va strategik sheriklikka asoslangan ikki tomonlama munosabatlarni yanada mustahkamlash va rivojlantirish, unga aniq va uzoq muddatli tus berish uchun alohida ahamiyat kasb etishi ta`kidlandi.

Shuningdek, vazirlar tomonidan ayrim xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1