1

Toshkentga yo`llar va shaharsozlik vaziri boshchiligidagi Eron delegasiyasi keldi

Siyosat 30.05.2018, 17:28
Toshkentga yo`llar va shaharsozlik vaziri boshchiligidagi Eron delegasiyasi keldi

Toshkentga Eron Islom Respublikasining yo`llar va shaharsozlik vaziri Abbos Ohundiy boshchiligidagi delegasiya keldi. Bu haqda O`zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Tashrif dasturidan hukumatda, Tashqi savdo, Qurilish vazirliklari, “O`zavtotrans” agentligi, “O`zbekiston temir yo`llari” AJ rahbarlari bilan uchrashuv va muzokaralar o`tkazish o`rin olgan.

Delegasiya Samarqand va Buxoroda ham bo`ladi.

Shu kunning o`zida Toshkentga Eron Islom Respublikasining qishloq xo`jaligi vaziri o`rinbosari Ali Akbar Mehrfard boshchiligidagi delegasiya ham keldi.

Eron delegasiyasi agrosanoat kompleksi uchun zamonaviy asbob-uskunalar va texnologiyalarning “Uzbekistan Agrotech Expo – 2018” xalqaro ixtisoslashtirilgan ko`rgazma-savdosi hamda qishloq xo`jaligi texnikasi va mashinalarining “Uzbekistan Agromash Expo – 2018”

xalqaro ixtisoslashtirilgan ko`rgazmasida ishtirok etadi, Qishloq xo`jaligi vazirligi, O`zbekiston Savdo-sanoat palatasida uchrashuv va muzokaralar o`tkazadi, O`zbekiston qishloq xo`jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi, Toshkent viloyatidagi qator xo`jaliklarda bo`ladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1