1

Prezident yoshlarni tanlov asosida rahbarlikka tayinlash bo`yicha qarorni imzoladi

Siyosat 31.05.2018, 10:05
Prezident yoshlarni tanlov asosida rahbarlikka tayinlash bo`yicha qarorni imzoladi

Istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlov asosida tanlab olishning zamonaviy tizimini yaratish chora-tadbirlari to`g`risidagi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq endilikda 3 yilda bir marta istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlab olish bo`yicha “Taraqqiyot” respublika tanlovi o`tkaziladi. Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanalida ma`lum qilindi.

Tanlovda tayanch oliy ma`lumotga va tegishli sohada rahbarlik lavozimida kamida uch yil ish tajribasiga ega, 30 yoshdan 45 yoshgacha bo`lgan O`zbekiston fuqarolari ishtirok etishi mumkin.

Davlat tashkilotlarida mehnat qilayotgan ishtirokchilarning tanlovda ishtirok etish davrida ularning egallab turgan lavozimi va o`rtacha oylik ish haqi saqlab qolinadi.

Tanlov g`oliblariga eng kam ish haqining 50 baravari miqdorida, final bosqichining qolgan ishtirokchilariga esa – eng kam ish haqining 25 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti to`lanadi. Bunda tanlov final bosqichining qolgan ishtirokchilari tegishli sohaning boshqaruv kadrlari zaxirasiga kiritiladi.

Tanlov g`oliblari “Boshqaruv kadrlarini tayyorlash bo`yicha Prezident dasturi”ga muvofiq uch oylik kurslarda o`qishi hamda mazkur kurslarni o`tagandan keyin tegishli yo`nalishlar bo`yicha davlat tashkilotlarida rahbarlik lavozimlariga tayinlanishi belgilandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1