AsosiyJamiyat

“O`zbekiston bu loyihani hech qachon qo`llab-quvvatlamaydi”

 Joriy yilning 18 iyul kuni Qozog`istonning Almati shahrida Jahon bankining Rog`un GESining taqdim etilgan loyihasi xususidagi ma`ruzasi hamda transchegaraviy suv resurslaridan foydalanish masalalariga bag`ishlangan yig`ilish bo`ldi. Unda O`zbekiston Respublikasi vakili sifatida, Bosh vazirning birinchi o`rinbosari, Moliya vaziri R.Azimov ishtirok etdi.

         Mamlakatimiz vakili  mazkur uchrashuvdagi  nutqida ta`kidlaganidek, O`zbekiston bugunga qadar Rog`un GESi qurilishi loyihasining “ekspertizasi” tashabbusi ilgari surilgan yig`ilishlarda ishtirok etmagan. “Chunki, mazkur ekspertizasi yakuniy natijalarini belgilashi mumkin bo`lgan muhim parametrlar xalqaro miqyosda e`tirof etilgan me`yorlarga to`g`ri kelmaydi” deyiladi R.Azimov nutqida.

Mazkur ekspertiza jarayonida Rog`un GESi barpo etilayotgan hududagi mavjud shart-sharoit, mintaqadagi boshqa davlatlarning manfaatlari, mazkur qurilish yuzaga keltirishi mumkin bo`lgan muqarra xavf-xatar, traschegaraviy daryolardan foydalanish borasidagi xalqaro huquq me`yorlari  e`tiborga olinmagan. Holbuki, ushbu yirik gidroinshoot qurilishi mintaqadagi siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik vaziyatga qanchalik salbiy ta`sir ko`rsatishini anglash uchun ortiq mehnat va mashaqqat talab etilmaydi.

Aytib o`tilganidek, mazkur GES loyihasi bundan 44 yil muqaddam sobiq tuzum djavrida, mintaqadagi xalqlarning mushtarak manfaatlari va mavjud jo`g`rofiy va ekologik vaziyatni hisobga olmagan holda ishlab chiqilgan. Biroq bugungi kunda Tojikiston hukumati har tomonlama eskirgan loyihani qayta tiklashga urinmoqda. Jahon bankining moliyaviy ko`magida o`tkazilgan ushbu “ekspertiza” xulosalarini tayyorlashda yuqoridagi holatlar e`tiborga olinmagani achinarlidir.

Iqlim o`zgarishlari, global isish singari muammolar dolzaorb bo`lib bugungi kunda ushbu yirik loyihaning amalga oshirilishi mintaqada qanchadan-qancha muammolarni keltirib chiqarishi hech kimga sir emas. Xususan, Amudaryoning yuqori oqimida mazkur inshootning barpo etilishi qurib borayotgan Orol dengizi va Orolbo`yi xalqlari taqdiriga halokatli ta`sir ko`rsatishi muqarrar.

 Qolaversa GES seysmik jihatdan o`ta faol hududda qurilayotgani ham ortiqcha isbot talab etmaydi. AQSh Geologiya xizmati ma`lumotlariga ko`ra, 2013 yilda 250 marotaba 4 balldan yuqori, 12 marotaba 6 balldan yuqori zilzila qayd etilgan. Tekshirishlar natijasiga ko`ra, bu erda 9 bal va undan yuqori magnitudali zilzilalar ham yuz berishi ehtimoli yuqori.

1911 yilda yuz bergan 9 balli zilzila natijasida hududda paydo bo`lgan Usoy darasi va Sarez ko`li fikrimiz dalilidir. 335 metr balandlikka bo`lgan GES to`g`onining bunday zilzilalarga bardosh berishi qiyin. Bu esa, yuz minglab insonlar halokatiga sabab bo`ladigan ulkan toshqinni yuzaga keltiradiki, uning oldida 2011 yil martda Yaponiyada yuz bergan sunami hech narsa bo`lmay qoladi.

To`g`onni suv bilan to`ldirish asnosida mintaqada yuzaga kelgan qurg`oqchilik 500 ming gektargacha  qishloq xo`jaligi erlarini yaroqchsiz holga ketirishi mumkin. Bu esa 1,5 million kishining  daromad manbalaridan mahrum bo`lishi demakdir. Mazkur GES qurilishi O`zbekiston uchun birgina qishloq xo`jaligi sohasida 600 million dollar miqdorida zarar etkazishi kutilmoqda.

Xulosa qilib aytganda, Tojikiston hukumatining Rog`un GESi qurilishini o`zboshimchalik bilan davom ettirishi nafaqat ushbu mamlakatning o`zi, balki butun mintaqa uchun jiddiy oqibatlarni keltirib chiqarishi muqarrar.

Shu sababli O`zbeksiton hukumati mazkur “ekspertiza” xulosalari va hisobotlarini qoniqarsiz deb hisoblaydi va mavjud muammoning alternativ variantlarini ko`rib chiqishni tavsiya etadi. “O`zbekiston Respublikasi hech qachon va hech qanday holatda ushbu loyihani qo`llab-quvvatlamaydi” deya o`z nutqini yakunladi mazkur anjumanda ishtirok etgan mamlakatimiz vakili.

    Boshqa yangiliklar