1

Ohangaron shossesida uch qavatli transport bog`lamasi quriladi

Siyosat 01.06.2018, 13:49
Ohangaron shossesida uch qavatli transport bog`lamasi quriladi

Prezident Shavkat Mirziyoev Toshkent shahrining Maxtumquli va Ohangaron ko`chalari kesishmasida quriladigan yo`l o`tkazgich loyihasi bilan tanishdi, deb xabar berdi Prezident matbuot xizmati.

Ohangaron shossesi, Parkent va Temur Malik ko`chalari poytaxtimizning eng serqatnov yo`llaridan. Toshkent mexanika zavodi hududi orqali Maxtumquli ko`chasi qurilgach, ushbu yo`llar chorrahasida transportlar harakati yanada ortdi.

Haydovchilarga qulaylik yaratish va xavfsizlikni ta`minlash maqsadida bu erda uch qavtli transport bog`lamasi qurilishi rejalashtirilgan. Ohangaron shossesi va Parkent ko`chasi yo`nalishida tunnel, Maxtumquli va Temur Malik ko`chalari ko`chalarini bog`lovchi ko`prik qurilishi ko`zda tutilgan.

Bu transport bog`lamasini qurishdan maqsad - Chorvoq va Chimyon hududini rivojlantirishga zamin yaratyapmiz. Hozir faqat Chirchiq shahri orqali o`tadigan yo`l bor. Dam olish mavsumida tirband bo`lib ketadi. Bu yangi yo`l kelgusida katta yuklamani o`ziga olib, transportlarning, jumladan, xorijlik sayyohlarning Chorvoq hamda Chimyon hududiga tez va oson etib olishini ta`minlaydi, dedi Shavkat Mirziyoev.

Ko`prik va tunnelda qatnov olti qatorli bo`ladi. Hisob-kitoblarga ko`ra, barpo etiladigan yangi yo`l Chorvoqqacha bo`lgan masofani 22 kilometrga qisqartiradi.

Davlatimiz rahbari Ohangaron shossesi bo`ylab qurilayotgan er usti xalqa metro liniyasiga doir loyihalar bilan ham tanishdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1