1

Tanzila Narbaeva Jenevada o`tayotgan 107-mehnat konferensiyasida ishtirok etmoqda

Siyosat 01.06.2018, 14:26
Tanzila Narbaeva Jenevada o`tayotgan 107-mehnat konferensiyasida ishtirok etmoqda

Shu kunlarda O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o`rinbosari, Xotin-qizlar qo`mitasi raisi Tanzila Narbaeva boshchiligidagi delegasiya Jenevada o`tayotgan 107-mehnat konferensiyasida ishtirok etmoqda. Bu haqda O`zA xabar berdi.

T.Narbaeva joriy yilning 31 may kuni Konferensiyadagi o`z chiqishida, 2017 – 2021 yillarda O`zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasini va Barqaror rivojlanish maqsadlari – mamlakat taraqqiyotini ta`minlashning muhim asosi ekanligini ta`kidlab o`tdi. Ayniqsa, Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) bilan milliy mehnat qonunchiligi, bandlik va munosib mehnat sharoitlari, XMT konvensiyalarining bajarilishi ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini takomillashtirish bo`yicha hamkorlik qayd etildi.

T.Narbaeva O`zbekistondagi Barqaror Rivojlanish Maqsadlari (BRM)ni amalga oshirish, mehnat sohasida hamkorlar o`rtasida samarali ijtimoiy muloqotni o`rnatish, aholi hamda fuqarolik jamiyati vakillari bilan muloqot masalalariga to`xtalib o`tdi. Konferensiya ishtirokchilari mamlakatda gender tengligini va ayollarning jamiyatdagi rolini oshirish borasida olib borilayotgan keng ko`lamli chora-tadbirlar haqida ma`lumotga ega bo`lishdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1