1

Toshkentda yana 15 ko`prik qurilishi ma`lum qilindi

Siyosat 01.06.2018, 17:49
Toshkentda yana 15 ko`prik qurilishi ma`lum qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoev Chilonzor tumani Bunyodkor va Cho`ponota ko`chalari kesishmasida bunyod etilayotgan yo`l o`tkazgichni ko`zdan kechirdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu yo`l o`tkazgichning umumiy uzunligi 676 metr, kengligi 24 metrdan ziyod bo`ladi. Transportlar 6 qatorda harakatlanadi.

“O`zbekiston temir yo`llari” aksiyadorlik jamiyatiga qarashli “Ko`prik qurilish tresti” korxonasi tomonidan olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari yakunlanish arafasida. Bugungi kunda ustunlarga temir-beton plitalar yotqizilib, yo`lgacha bo`lgan oraliq shag`al bilan to`ldirilmoqda. Har biri 124 metr bo`lgan ikkita piyodalar estakadasi qurilishi davom etmoqda.

Shu erda yangi ko`priklar qurish, mavjudlarini ta`mirlash va ekspluatasiya qilish borasidagi ishlar taqdimoti o`tkazildi. Toshkent shahrida yana o`n beshta joyda yo`l o`tkazgichlar qurilishi ma`lum qilindi.

Shavkat Mirziyoev mamlakatimizdagi barcha ko`priklarni inventarizasiyadan o`tkazish, ularni saqlash va rejali ta`mirlash zarurligini ta`kidladi. Shu maqsadda ko`priklarni ekspluatasiya qilish bilan shug`ullanadigan tizim yaratish, bunga ixtisoslashgan kadrlar tayyorlash va zamonaviy qurilish materiallarini o`zlashtirish bo`yicha topshiriqlar berdi.


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1