AsosiyJamiyat

AQSh kechiktirilgan vizalarning aksariyatini o`z egalariga taqdim etdi

AQSh davlat departamenti konsullik ishlari byurosi vizalar tizimidagi muammolarni hal etishda ma`lum muvaffaqiyatga erishdi va dunyo bo`ylab kechiktirilgan vizalarning aksariyati o`z egalariga taqdim etildi.

Bu haqda AQShning O`zbekistondagi elchixonasi matbuot xizmati xabar bermoqda. Hozirda tizimni oldingi to`la qonli faoliyat darajasiga qaytarish ustida ish olib borilmoqda.

“Ayni paytda vizalari ma`qullangan murojaat etuvchilar o`z vizalari tayyor bo`lishini bir hafta kutishlari zarurligini ma`lum qilamiz. Tizimda navbatdagi o`zgarishlar bo`lgunga qadar, barcha vizalari ma`qullangan murojaat etuvchilar o`z pasportlarini viza bilan suhbat kunidan bir hafta o`tgach, soat 15:30 da olib ketishlari mumkin bo`ladi. Safar rejalarini tuzish paytida mazkur kutish vaqtini inobatga olishingizni so`raymiz” ,-deyiladi e`londa .

Eslatib o`tamiz, 24 iyundan AQSh davlat departamenti konsullik ishlari bo`yicha byurosining pasport va viza tizimida texnik muammolar kuzatilganligi sababli butun dunyo bo`ylab viza berishni vaqtincha to`xtatgan edi.

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar