1

Abdulaziz Komilov Qatar bosh vaziri o`rinbosari bilan uchrashdi

Siyosat 04.06.2018, 10:55
Abdulaziz Komilov Qatar bosh vaziri o`rinbosari bilan uchrashdi

2018 yil 3 iyun kuni Qatarda amaliy tashrif bilan bo`lib turgan O`zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegasiya Doha shahrida Qatar Bosh vaziri o`rinbosari, Tashqi ishlar vaziri shayx Muhammad Ben Abdel Rahman Ben Jasem Al Tani bilan uchrashdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Muzokaralarda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investision, turizm, madaniy-gumanitar sohalarda ikki tomonlama aloqalar, shuningdek, xalqaro tuzilmalar doirasidagi hamkorlikning holati va istiqbollari muhokama qilindi.

Tashqi siyosat idoralari rahbarlari O`zbekiston-Qatar hamkorligini rivojlantirish, unga ko`p qirrali tus berishdan tomonlar manfaatdor ekanligini tasdiqladilar. Shu o`rinda turli darajalar va shakllardagi aloqalarni faollashtirish, xususan eng istiqbolli yo`nalishlarni aniqlash va e`tiborni ularga qaratish imkonini yaratadigan vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlar o`tkazish muhimligi qayd etildi.

Xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashish chog`ida Imom Buxoriy nomidagi xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Islom sivilizasiyasi markazi va O`zbekiston Islom akademiyasini tashkil etish bo`yicha O`zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevning muhim tashabbuslarini amalga oshirish bo`yicha hamkorlik masalalariga alohida e`tibor qaratildi.

Vazirlar tomonidan Afg`onistondagi vaziyatni tinch yo`lda hal qilish bo`yicha xalqaro konferensiyada 2018 yil 27 mart kuni qabul qilingan Toshkent deklarasiyasini amalga oshirish jarayoni muhokama qilindi. Ushbu konferensiya ishida Qatar delegasiyasi ham ishtirok etgan edi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1