AsosiyDunyo

Avstraliyada yo`lovchining oyog`i vagon va platforma o`rtasida tiqilib qoldi (VIDEO)

Vagon va platforma o`rtasida oyog`i tiqilib qolgan yo`lovchini qutqarish uchun temir yo`l transport xodimlari va boshqa yo`lovchilar birlashishdi.

Voqea Pert shahrida sodir bo`lgan. Mirror nashrining yozishicha, yigit sirg`anib ketgan va uning oyog`i vagon va platforma o`rtasida tiqilib qolgan. Mashinist darhol bu voqeadan xabardor qilingan.

Shundan so`ng, atrofdagi yo`lovchilar va temir yo`l xodimlari yigitga yordam berishga tushishdi. Yigitni ozod qilish uchun o`nlab yo`lovchilar og`ir prisepni tebratishdi.

    Boshqa yangiliklar