O`zbekistonlik olimlar glaukoma kasalligini davolash usulini kashf qilishdi

Salomatlik 07.08.2014, 11:50
O`zbekistonlik olimlar glaukoma kasalligini davolash usulini kashf qilishdi

O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi Toshkent pediatriya tibbiyot instituti mutaxassislari tug`ma glaukomani xirurgik davolash usulini ixtiro qilishdi. Bu haqda uz24.uz sayti xabar beradi.

Ushbu ixtiro minglab bemorlarga, xususan bolalarga ko`z nurini qaytarish imkonini beradi. Bunda tug`ma glaukomani xirurgik davolash usuli taklif qilingan. Natijada, operasiya engillashtirilib, uni amalga oshirish imkoniyatlari ko`payadi, jarrohlik amaliyotidan keyingi asoratlar, residivlar kamayishiga sabab bo`ladi.

Botir Buzrukov, Oksana Levchenko hamda Yulduz Hamroevalar tomonidan qilingan ushbu ixtiroga IAP 04890  raqamli davlat patenti berildi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1