Fuqaro Avazbek A. shirakayf holatda do`stiga uning oilaviy ishlariga aralashgani uchun ikki bor pichoq yordamida tan jarohati etkazdi. Bu haqda uz24.uz nashri xabar beradi.
O`z do`stlari bilan spirtli ichimlik ichgan Avazbek A. do`stlariga xotinidan noliy boshlaydi. Biroq do`stlaridan biri uning rafiqasi haqida yaxshi fikrlarni aytib, do`stining fikriga qarshi chiqadi va ularning orasida janjal boshlanadi.
Janjalni bartaraf qilish uchun uy egasini qoldirib barcha o`z uyiga jo`nagan vaqtda, uy egasi bilan janjallashgan shaxs uning yoniga kelib tushunmochilikni bartaraf qilishga urunadi, ammo uy egasi rashk tufayli do`stining qorin va elka sohalariga pichoq uradi, natijada u vafot etadi.
Viloyat sudi fuqaro Avazbek A.ni 19 yil ozodlikdan mahrum qildi.





