AsosiyJamiyat

Farg`onadan 25 kilometr uzoqlikda zilzila sodir bo`ldi

O`zbekiston seysmologlari bergan ma`lumotlarga ko`ra, kecha Toshkent vaqti bilan 17:30 da O`zbekistonning sharqiy qismida zilzila holati kuzatildi, deya xabar beradi uz24.uz nashri.

Er osti silkinishining epimarkazi Farg`ona viloyatidan 25 kilometr, Toshkent shahridan esa 234 kilometr uzoqlikda ekani ma`lum bo`ldi.

Zilzila 4,2 ballni tashkil etgan, chuqurligi 2 kilometrni tashkil etgan. Talofotlar va jabrlanganlar yo`q.

    Boshqa yangiliklar