Ukrainaning Donesk viloyatida qulagan Malaysia Airlines aviakompaniyasi layneri yo`lovchilarining yaqinlari 50 ming AQSh dollari miqdorida tovon puli olishadi. Bu haqda Dutch News xabar beradi.
Xabarda yozilishicha, 8 avgustga kelib, ekspertlar halokat qurbonlaridan 23 nafarining shaxsini aniqlashgan.
Ukraina hududida qulagan Malayziya layneri urib tushirilgan bo`lishi mumkin, deb hisoblanmoqda.
Amsterdam-Kuala-Lumpur reysi bo`yicha uchgan Malaysia Airlines aviakompaniyasining Boeing 777 samolyoti 17 iyul kuni Ukrainaning Donesk viloyatida quladi. Layner bortida bo`lgan barcha 298 kishi halok bo`lgan. Hozircha aybdor aniqlanmagan.
Eslatib o`tamiz, iyun oyidan Malaysia Airlines aviakompaniyasi mart oyida yo`qolgan Boeing 777 yo`lovchilari yaqinlariga ham 50 ming AQSh dollari miqdorida tovon puli to`lashni boshlagan edi.





