Gonkongdagi dunyo miqyosida yashash maydoni eng qimmat deb topilgan uy 105,7 million AQSh dollar narxi bilan savdoga qo`yildi. Bu haqda Wall Street Journal xabar bermoqda.
Maydoni 433 kvadrat metrga teng bo`lgan katta uy Victoria’s Peak tumanida joylashgan. Ushbu maydonning bir kvadrat metr bahosi 244 ming AQSh dollariga tengdir.
Uyda to`rtta yotoqxona, basseyn, bog`, uy tomida ayvon va ikkita avtomobil uchun turar joy mavjud.
Xabarda yozilishicha, dastlabki besh oy ichida uyni xarid qilganga 3 foizli chegirma beriladi. Uy necha pulga sotilishi noma`lum bo`lishiga qaramay, bu Gonkongdagi eng qimmat kelishuv bo`lishi aniq, deya qayd qiladi nashr.





