Adolat va taraqqiyot partiyasidan (AK-Parti) nomzodi ilgari surilgan Turkiya bosh vaziri Rajab Tayyib Erdo`g`on Respublikada o`tkazilgan prezidentlik saylovlarida 51,7 ovoz to`plab, g`alaba qozondi.
Bu haqda yakshanba kechasi Turkiya Markaziy saylov komissiyasi rahbari Sadi Gyuven ma`lum qildi.
"Saylov byulletenlari hisob kitoblariga ko`ra, nomzod Rajab Tayyib Erdo`g`on eng ko`p ovoz to`pladi. Shundan kelib chiqib, MSK saylovning ikkinchi turiga tayyorgarlikni to`xtatishga qaror qildi",-dedi Gyuven.
Turkiya markaziy saylov komissiyasi rahbari prezident saylovi davomida jiddiy qonunbuzarliklar kuzatilmaganini ma`lum qildi.
Saylovning rasmiy natijalari 11 avgust kuni e`lon qilinadi. Bu haqda ITAR-TASS xabar bermoqda.
Erdo`g`onning asosiy raqibi, bir qator muxolifat partiyalaridan nomzod sifatida ko`rsatilgan Islom konferensiyasi tashkiloti sobiq etakchisi Akmalliddin Ehsono`g`li 38,9 foiz ovoz to`pladi.
Uchinchi nomzod - Xalq demokratik partiyasi vakili Salohiddin Demirtashni esa saylovchilarning 9 foizi qullab-quvvatladi.
Ehsono`gli mag`lubiyatini tan oldi va Erdo`g`onni g`alaba bilan tabrikladi. "Men bosh vazirni bu g`alaba bilan tabriklayman va unga muvaffaqiyatlar tilayman",-dedi Ehsono`g`li.





