10 avgust kuni Eron poytaxtida An-140 yo`lovchi samolyoti uchish vaqtida halokatga uchradi.
IRNA agentlining xabar qilishicha, aviahalokatda 9 kishi omon qolgan. Ular voqea joyiga yaqin bo`lgan shifoxonaga etkazilgan.
OAV xabarlariga ko`ra, samolyot bortida 8 nafar ekipaj a`zolari va 40 nafar yo`lovchi bo`lgan, shu qatorda etti nafar bola ham.
ITAR-TASS agentligining yozishicha, halokatga samolyot dvigatelining ishdan chiqishi sabab bo`lgan bo`lishi mumkin. Hozircha samolyot bortida qaysi mamlakat fuqarolari bo`lganliklari to`g`risida aniq ma`lumot yo`q.





