10 avgust kechasi “super Oy” hodisasi kuzatilishi haqida xabar bergandik. Kutilganidek, ushbu astronomik hodisa ro`y berdi. "Super Oy" hodisasi tushirilgan suratlar ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo`lmoqda.


NASA ma`lumotlariga ko`ra, o`tgan kechada Erning sun`iy yo`ldoshi 14 foizga kattaroq va 30 foizga yorqinroq bo`ldi. Ushbu hodisa odatda yilda bir marta bo`ladi. Ammo, joriy yili “super Oy" hodisasi 5 marotaba, keyingi yil esa 6 marotaba kuzatilishi kutilmoqda. Joriy yildagi so`nggi “super Oy” hodisasi 9 sentyabr bo`ladi. Ma`lumotlarga ko`ra, ushbu hodisa sharqiy yarim sharning shimoliy qismida sezilarli darajada kuzatilgan.









