Tojikiston va Qirg`iziston chegarasining Leysuu hududida otishma sodir bo`ldi. Otishma oqibatida 1 kishi halok bo`lgan, bu haqda Day.az nashri xabar beradi.
Qirg`iziston chegara xizmati vakilining bergan ma`lumotlariga ko`ra, Tojikistonning Jigartal uchastkasi vakili Qirg`iziston tomonni Tojikiston hududidagi Tupakul aholi yashash punkti yaqinida chegarachilar hamda qurollangan 3 kishi o`rtasida otishma sodir bo`lgani haqida xabar bergan. Oqibatda ulardan biri o`ldirilgan.
Xabarda qayd etilishicha, bu yil boshidan qirg`iz-tojik chegarasida kuzatilgan uchinchi otishmadir. To`qnashuvlar oqibatida 3 nafar xarbiy halok bo`lgan yana 10 nafari yaralangan.





