AsosiySalomatlik

O`zbekistonlik olimlar otit kasalligini davolashda yangi moslamani ixtiro qilishdi

O`zbekistonlik tibbiyot muxatassislari tomonidan ekssudativ o`rta otitda nog`ora bo`shlig`idan suyuqlikni chiqarib tashlash va yig`ish moslamasiga oid foydali model ishlab chiqishdi. Bu xaqda uz24.uz nashri xabar beradi.

Bu tibbiyotda otolaringologiya kasalliklarini samarali davolashda muhim ahamiyat kasb etadi. Moslama uzunligi 3 mm. keladigan sanchiluvchi, uchli metall igna hamda oval ko`rinishdagi to`plovchi shishali qismlardan iborat. Uning pastki qismida suyuqlikni to`plash uchun rezervuar, ustki qismida esa teshik mavjud. Moslama shishali qismining bir uchi igna bilan o`zaro zich bog`langan. Ikkinchi uchi esa, tashqi devorning diametri 5 mm.ga teng bo`lgan quvur ko`rinishida yasalgan.

Bu moslamani qo`llash ekssudativ o`rta otitda bir vaqtning o`zida suyuqlikni olib tashlash va keyinchalik esa uni tadqiq qilish uchun yig`ish imkonini beradi.

Shavkat Omonov, Sanjar Saidovlar yaratgan ushbu modelga FAP 00910 davlat raqami bilan patent berildi. 

    Boshqa yangiliklar