Avval xabar berilganidek, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 14 iyun kuni Moskvaga tashrif buyurdi.
Prezident matbuot xazmatining xabar berishicha, davlatimiz rahbari ushbu mamlakatda bo`lib o`tayotgan futbol bayramiga xos ko`tarinki muhitda kutib olindi.
Shavkat Mirziyoev «Lujniki» olimpiya kompleksida o`tkazilgan futbol bo`yicha jahon chempionatining ochilish marosimida ishtirok etdi.

Prezidentimiz oliy martabali mehmonlar qatorida Rossiya va Saudiya Arabistoni milliy terma jamoalari o`rtasidagi o`yinni tomosha qildi. Xorijiy davlatlar rahbarlari bilan samimiy muloqotlar o`tkazdi.

Prezident Shavkat Mirziyoev shu kunning o`zida Toshkentga qaytib keldi.






