AsosiySport

Forbes eng ko`p daromad olgan ayol sportchi nomini ma`lum qildi

Rossiyalik tennischi Mariya Sharapova o`ninchi marotaba eng ko`p daromad olgan ayol sportchilar ro`yxatida peshqadamlik qilmoqda. 

Forbes jurnali taqdim etgan ma`lumotlarga ko`ra, Sharapova 2013 yilning iyun oyidan 2014 yilning iyun oyiga qadar 24,4 million AQSh dollari miqdorida daromad oldi.

Sharapova daromadining asosiy qismini Nike, Avon, Samsung, Tag Heuer, Evian va Head kompaniyalari bilan imzolagan reklama shartnomalari orqali ishlab oldi.

Bir yil ichida Sharapova tennis orqali 2,4 million AQSh dollari miqdorida mukofot puli yutib olgan.

    Boshqa yangiliklar