Afrikadagi bir necha mamlakatlar aeroportida xavfsizlik choralar kuchaytirilgan, barcha yo`lovchilar qo`shimcha nazoratdan o`tishmoqda.
Serra-Leoneda esa futbol bo`yicha mamlakat chempionati uchrashuvlari bekor qilindi. Hozirga kelib, mingdan ortiq kishi bu halokatli kasallik qurboni bo`lishdi.
Metall qidiruvchi qurilmalardan tashqari, pasport nazorati hududida parvozdan oldin yo`lovchilar qo`llarini yuvishlari shart qilib qo`yildi. Aeroport xodimlari esa maska taqib yurishga majburlar.
Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti esa bemorlarni to`g`ri kelgan barcha dori-darmonlar, shu qatorda, hali klinik tadqiqotdan o`tkazilmagan vaksinalar yordamida davolashga qaror qildi.
“Ko`pgina ekspertlar Ebola virusi tarqalishidagi vaziyat favqulodda choralarni ko`rish, shu qatorda sertifikatlanmagan vaksinalarni qo`llanishiga rozi bo`lishdi. Shu bilan birga, biz barchani davolay oladigan vaksinamiz bor, deya yolg`on umidni berishimiz kerak emas”,-deydi JSST bosh direktori yordamchisi Mari-Pol Kini.
Vesti.ru nashrining yozishicha, AQShda ishlab chiqarilgan va tadqiqotdan o`tkazilmagan vaksinalardan foydalanishga bemorlarning o`zi rozilik bermoqda. Xabarda yozilishicha, Afrikada Ebola bilan kasallangan 10 kishidan 9 nafari vafot etadi.