Britaniyaning Beshey shahrida istiqomat qiluvchi 9 yoshli Kiran Sorkin tug`ma quloq nuqsonlari bilan dunyoga kelgan.
9 yil davomida bolaning quloqlarini tiklash yo`lini izlagan Sorkinlar oilasiga plastik jarrohlar antiqa bildirishgan. Ular bolakayning quloqlarini uning qovurg`alari yordamida o`stirish mumkinligi haqida aytishdi. Bu haqda Glunews.ru nashri xabar beradi.
“Dastlab biz Kiranga eshitish moslamasini implantasiya yo`li orqali o`rnatdik. Ammo u bu moslama bilan to`laqonli ravishda eshita olmadi. Endilikda biz uning quloqlari o`rniga qovurg`a kemirchagini olib o`rnatamiz, natijada ma`lum vaqt ichida quloqlar o`rnida yangi quloq shakllanadi, shu bilan birga unga eshitish baxtini ham hadya etgan bo`lamiz” deydi plastik jarroh Nil Balstrod.
Ayni kunlarda bemor qiyin o`tgan jarrohlik amaliyotidan so`ng o`zini yaxshi his qilayapti. Endilikda u do`stlari kabi quloqchin va ko`zoynak taqa oladi.
Afsuski, Kiran kabi quloq nuqsoni bilan tug`iladigan bolalar dunyoda juda ham ko`p. Har kuni Britaniyaning o`zida 100 ga yaqin bir yoki har ikki qulog`ida nuqson bo`lgan chaqaloqlar dunyoga keladi. Ushbu nuqson tibbiyotda mikrotiya deb ataladi.