AsosiyJamiyat

Xizmat ovcharkasi yordamida jinoyat fosh etildi

Oskar laqabli xizmatchi it yordamida o`g`irlikni amalga oshirgan jinoyatchining iziga tushishga erishildi. Bu haqda uz24.uz nashri xabar beradi.

Shu yilning 12 may kuni Toshkentdagi “Ulug`bek” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaroning uyidan 300 ming so`mlik tilla taqinchoqlar noma`lum shaxs tomonidan o`g`irlab ketilgan. Jinoyat joyiga tezkor-operativ xizmat guruhi tarkibida inspektor-kinolog Sanjar Baratov Oskar laqabli xizmatchi iti bilan etib keldi. It tomonidan olingan iz yordamida jinoyatchi qo`lga olingan. Jinoyatchi shu mahallada istiqomat qiluvchi, hech qaerda ishlamaydigan fuqaro U.R. ekani aniqlandi. Ayblanuvchining uyidan ashyoviy dalil sifatida tilla taqinchoqlar topildi. 

Ayni damda hodimlar g`amhurligi ostida Lord, Oskar, Angel va Pitt kabi sharqiy evropa xizmatchi ovcharkalari bor. shu yilning boshidan beri inspektor-kinolog Sanjar Baratov to`rt oyoqli yordamchilari yordamida 42 marotaba jinoyat joylariga chiqish ishlarini amalga oshirgan. Ulardan 37 tasi qisqa muddatlarda itlar yordamida fosh etilgan.

    Boshqa yangiliklar