AsosiyJamiyat

“O`zneftmahsulot” yoqilg`i narxi oshmasligi haqida xabar berdi

“O`zneftmahsulot” AK so`nggi paytlar paydo bo`lgan, yoqilg`i tanqisligi va uning narxi oshishi to`g`risidagi xabarlarni rad etdi.

“So`nggi paytlar respublikamizdagi, shu qatorda Toshkent shahridagi ayrim AYoQShlarda yoqilg`iga navbatlar yuzaga kelmoqda, bu esa mamlakat aholisi orasida xavotir va tushunmovchilik keltirib chiqarmoqda. Buning oqibatida tayyor yoqilg`i tanqisligi va uning narxi oshishi to`g`risida asossiz gap-so`zlar paydo bo`ldi”,-deyiladi kompaniya xabarida.

Xabarda yozilishicha, respublikada yonilg`i-moy mahsulotlarini etkazib berish bilan bog`liq muammo yo`q.  “Respublikamizda xalqaro standartlarga javob beruvchi, yonilg`i-moy mahsulotlarining barcha turlari to`xtovsiz ishlab chiqarilmoqda”,-deyiladi xabarda.

Kompaniyaning xabar qilishicha, hozirda aholini yoqilg`i bilan to`liq va to`xtovsiz ta`minlash uchun barcha kerakli choralar ko`rilmoqda.  

“Hurmatli yurtdoshlar, yoqilg`i tanqisligi va uning narxi ko`tarilishi haqidagi gap-so`zlarga ishonmaslikni so`raymiz”,-deyiladi “O`zneftmahsulot” AK xabarida.

    Boshqa yangiliklar