Braziliya prezidentligiga nomzod bo`lgan Eduard Kampushning aviahalokat qurboni bo`lgani sababli mamlakatda saylov oldi kampaniyalari uch kunga to`xtatildi.
ITAR-TASS agentligining xabar berishicha, Braziliya prezidenti Dilma Russef 3 kunga saylov oldi barcha marosimlarni bekor qildirdi.
Kampush uchgan samolyot bugun Guarulos aeroportiga qo`nish vaqtida uylar ustiga qulab tushgan. Hozircha samolyot qulashi oqibatida necha kishi halok bo`lgani va jarohatlangani ma`lum emas.
Eduardu Kampush Pernambuku shtati rahbari bo`lib, u sosialistik partiya a`zosi edi.