Ebola virusi sababli Gvineya mamlakatida favqulodda vaziyat e`lon qilindi.
Bunga qadar Nigeriya va Liberiya ushbu choralarni amalga oshirgandi. Jahon sog`liqni saqlash tashkilotining ma`lum qilishicha, virus qurbonlari soni 1069 kishiga etgan. Ushbu virus bilan kasallanganlar soni esa ikki barobar ko`p.
Hozirda Liberiyaga AQShda ishlab chiqarilgan, eksperimental vaksinalar etkazildi.
Ebola virusi - og`ir, halokatli kasallikdir. Ebola virusi Markaziy va G`arbiy Afrikaning qishloqlari va sernam tropik o`rmonlar yaqinida tarqaladi. Virus odamlarga hayvonlardan va o`z navbatida odamdan odamga yuqadi. Virusning tabiiy manbasi zaharli ko`rshapalaklar hisoblanadi. Hozircha, ushbu kasallikka qarshi aniq, lisenziyaga ega vaksina mavjud emas.