AsosiyJamiyat

Toshkentdagi AYoQShda yong`in sodir bo`ldi

Bugun tahminan 8:30 larda Olmazor tumanidagi kichik halqa yo`lidagi “Mirxosil” avtomobillarga yonilg`i quyish shahobchasida yong`in sodir bo`ldi. Bu haqda uz24.uz nashri xabar beradi.

Guvohlarning so`zlariga qaraganda, ushbu yong`in AYoQShga kelgan “Volga” rusumli avtomobilning gaz balloni portlashi oqibatida sodir bo`lgan. Shahobchadagi bitta kolonka butunlay yonib ketgan. Jabrlanganlar haqida ma`lumotlar yo`q. 

    Boshqa yangiliklar