AsosiySport

Rossiya Misrni mag`lub etdi, Cherishev to`purarlar poygasida Ronalduga etib oldi

'Rossiya Misrni mag`lub etdi, Cherishev to`purarlar poygasida Ronalduga etib oldi'ning rasmi

JCh-2018 mezbonlari Rossiya terma jamoasi “A” guruhining 2-turida Misrga qarshi maydonga tushib, ishonchli g`alabani qo`lga kiritdi - 3:1.

O`yinning birinchi bo`limida hisob ochilmagan bo`lsada, ikkinchi bo`limda muxlislar naqd to`rtta golga guvoh bo`lishdi. Cherchesov shogirdlari 15 daqiqa ichida ketma-ket uchta gol kiritib, amalda uchrashuv taqdirini hal qilishdi.

Misrliklarning yagona goli Muhammad Saloh hisobiga yozildi. U 73-daqiqada o`ziga nisbatan ishlatilgan qo`pollik uchun belgilangan penaltini golga aylantirib, JChdagi gollari hisobini ochdi.

Olamsport nashrining xabariga ko`ra, ushbu g`alabadan keyin Rossiya terma jamoasi olti ochko jamg`arib, guruhda peshqadamlik qilmoqda va mundial ishtirokchilari orasida birinchi bo`lib, keyingi bosqich yo`llanmasini muddatidan oldin hal etdi.

JCh-2018. A guruhi

Rossiya – Misr 3:1

Gollar: 1:0 – 47, avtogol Fatxi, 2:0 – 59 Cherishev, 3:0 – 62 Dzyuba, 3:1 – 73, penalti Salax.

Rossiya – Akinfeev, Ignashevich, Kutepov, Fernandes, Jirkov (Kudryashov, 86), Gazinskiy, Zobnin, Golovin, Samedov, Cherishev (Kuzyaev, 74), Dzyuba (Smolov, 79).

Misr – El-Shenavi, Gabr, Abdel-Shafi, Fatxi, Xegazi, El-Nenni (Uarda, 64), Hamid Al-Said, Trezege (Sobxi, 68), Muhsin (Qahraba, 82), Saloh.

Ogohlantirishalar: Trezege (57), Smolov (84).

Boshqa yangiliklar