AsosiySport

Pley-offga birinchi bo`lib yo`l olgan Rossiya terma jamoasidan rekordlar

'Pley-offga birinchi bo`lib yo`l olgan Rossiya terma jamoasidan rekordlar'ning rasmi

Misr termasi ustidan qozonilgan g`alabadan so`ng Rossiya terma jamoasi bir nechta rekordlarni yangilashga muvaffaq bo`ldi, deb yozmoqda Olamsport nashri.

Cherchesov jamoasi dastlabki ikki turda 100 foizlik natijani ko`rsatdi. To`plar nisbati - 8:1. Bu JChlar tarixida mezbon terma jamoalar tomonidan qo`lga kiritilgan eng yaxshi natija bo`lib tarixga kirdi.

1934 yili o`tkazilgan JChda mezbon Italiya terma jamoasi ham dastlabki ikki bahsda g`alaba qozonib, raqib darvozasiga 8 ta gol urishgan erishgandi. Ammo ular o`z darvozalaridan ikkita gol o`tkazib ham yuborishgandi.

Eslatib o`tamiz, 1-turda ruslar Saudiya Arabistonini 5:0 hisobida engishgandi. Shu tariqa ular 1966 yili SSSR termasi qayd etgan natijani takrorlashdi. 1966 yilgi mundialda sobiq SSSR terma jamoasi dastlabki ikki turda KXDR (3:0) va Italiya (1:0) terma jamoalarini taslim etgandi.

Boshqa yangiliklar