AsosiyDunyo

Shveysariyada yo`lovchi poezd halokatga uchradi

Shveysariyaning sharqiy qismida temir yo`l halokati yuz berdi. Halokat oqibatida 11 kishi turli tan jarohatlarini olishdi, ular orasidagi 5 kishining jarohati og`ir deb baholanmoqda. Bu haqda Day.Az nashri xabar beradi. 

Jabrlanganlarning 8 nafari shvesiyaliklar, 2 nafari xitoylik, 1 nafari esa avstraliyalik. Odamlar orasida mashxur bo`lgan “Muzlik ekspressi” deb nomlanuvchi ushbu poezdda taxminan 140 kishi o`z manzillari tomon harakatlanayotgan bo`lishgan. Sankt-Morisadan Kur shahriga ketayotgan poezd o`pirilish oqibatida relslar ustini qoplagan tuproq uyumiga urilib ketgan. Umumiy hisob bilan poezdning 3 ta vagoni izdan chiqqan. Yo`lovchilarning aksariyati shok holatiga tushib qolganliklari sababli ularga tibbiyot hodimlari va ruhshunoslarning ko`magi kerak bo`ldi. Ma`lumotlarga ko`ra, tog` yo`lidagi ushbu poezd yo`li eng kami bilan ikki kun ichida ishga tushishi mumkin.

 

    Boshqa yangiliklar