Xitoyning Guanyuan provinsiyasi fuqarosi Syao Yundji ko`chalarni sayr qilib yurgan vaqtida ko`p qavatli uydan “uchib tushgan” pichoq uning boshiga sanchilib qoldi. Bu haqda Viralnova nashri xabar beradi.
Tahminlarga ko`ra, kimdir ko`p qavatli uyning balkonida pichoqni unutib qoldirgan, kuchli shamol oqibatida esa u joyidan qo`zg`alib, pastga tushib ketgan. Ajablanarlisi shuki, Syao boshiga pichoq sanchilib qolganini darrov payqamagan va yo`lida davom etgan. U atrofdagilarning boshidan qon oqayotgani haqidagi so`zlaridan so`nggina o`zini yomon his qila boshlagan. Tez tibbiy yordam xizmati chaqirilgach, u kasalxonaga olib ketilgan. Jarrohlar tez fursatda Syao Yundjining boshidagi pichoqni olib tashlashgan. Pichoq bosh qismidagi hayot uchun havfli bo`lgan joylarni jarohatlamagan. Ayni damda Syao Yundji o`zini yaxshi his qilmoqda.






