AsosiyShou-biznes

“Taksi” filmi yulduzi shifoxonaga etkazildi

“Taksi” filmi yulduzi Sami Naseri polisiya tomonidan qo`lga olinganidan so`ng, sog`lig`i yomonlashib, shifoxonaga etkazildi. Bu haqda AFP nashri xabar bermoqda.

“Uning sog`lig`ini inobatda olib, hibsga olish chorasidan voz kechishga to`g`ri keldi”,-deydi polisiya xodimi.  Ammo, Naserining qay ahvolda ekanligi aytilmagan.

Ma`lum bo`lishicha, aktyor  mast holatda tartibsizlik uyushtirgan. Bunga qadar ham, aktyor bir necha marta mast holatda janjal ko`targani uchun qo`lga olingan. 

    Boshqa yangiliklar