AsosiyJamiyat

Mira`lam Mirzaev va uning oila a`zolari hibsga olindi

'Mira`lam Mirzaev va uning oila a`zolari hibsga olindi'ning rasmi

Toshkent shahar prokurorining sobiq birinchi o`rinbosari Mira`lam Mirzaev va uning oila a`zolari uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish bo`yicha boshqarma tomonidan ochilgan jinoyat ishi doirasida qo`lga olingan. Bu haqda "Gazeta.uz" O`zbekiston Bosh prokuraturasi ma`lumotiga tayanib xabar berdi.

“Mirzaevlar oilasiga aloqador tergov harakatlari davomida Mira`lam Mirzaev, uning turmush o`rtog`i M.Mirzaeva va o`g`li A.Mirzaev, jiyani Z.Inog`omov qo`lga olingan”, — deyiladi xabarda.

Jinoyat ishi doirasida Mirzaev va Inog`omovlar oilasiga tegishli turar va noturar joy ob`ektlarida tintuv o`tkazilib, turli buyumlar, hujjatlar, avtotransport vositalari va boshqalar olib qo`yilgan.

“Hozirda tergov jarayoni davom etayotgani bois ushbu jinoyat ishi bo`yicha boshqa ma`lumotlar oshkor etilmaydi”, — deyiladi prokuratura xabarida.

Eslatib o`tamiz, shu yilning 22 mart kuni O`zbekistonning sobiq bosh prokurori Rashid Qodirovga nisbatan o`tkazilayotgan jinoyat ishi tergovi doirasida Toshkent shahar prokurorining sobiq birinchi o`rinbosari Mira`lam Mirzaev va uning oila a`zolariga nisbatan tergov harakatlari olib borilayotgani haqida xabar berilgan edi.

    Boshqa yangiliklar