AsosiyJamiyat

Abiturientlar pochta orqali hujjatlar to`plamini qaytarib olishlari mumkin

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi huzuridagi ta`lim muassasalarida Elektron ta`limni joriy etish markazi bilan hamkorlikda navbatdagi yangi -“Abiturientlarning hujjatlar to`plamini qaytarib olish uchun elektron murojaat yuborish” xizmati joriy etildi. Bu haqda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali xabar bermoqda.

Oliy o`quv yurtlariga kirish uchun topshirilgan hujjatlar to`plamini imtihon natijalari e`lon qilingandan so`ng qaytarib olish zaruriyati tug`ilganda, abiturientlar Yagona portal orqali to`g`ridan-to`g`ri ariza yuborishlari mumkin. Joriy etilgan yangi xizmat viloyatlarda, oliy o`quv yurtidan olisda istiqomat qiluvchi abiturientlar uchun hujjatlar to`plamini qaytarib olishda qulay imkoniyat yaratadi.

Xizmat natijasiga ko`ra, abiturientga buyurtma pochta orqali hujjatlar to`plami qaytariladi. Arizachi yashash manziliga yaqin bo`lgan pochta bo`limlariga tashrif buyurib, shaxsini tasdiqlovchi hujjatning aslini taqdim etgan holda hujjatlarni olishi mumkin.

Mazkur xizmatni ko`rsatishda abiturient hujjatlari to`plamini tayyorlash, qayta ishlash va etkazib berish uchun eng kam oylik ish haqining 15 % miqdorida to`lov amalga oshirilishi ko`zda tutilgan.

    Boshqa yangiliklar