AsosiySport

O`zbekistonlik futbol rasmiylari jahon chempionati o`yinlariga tayinlandi

'O`zbekistonlik futbol rasmiylari jahon chempionati o`yinlariga tayinlandi'ning rasmi

Rossiyada bo`lib o`tayotgan futbol bo`yicha Jahon chempionatiga O`zbekiston birinchi marta bosh hakam, laynsmenlar, hakamlar nazoratchisi va uchrashuv komissaridan iborat to`liq tarkibda tashrif buyurayotgani xaqida ma`lumot berib o`tgan edik.

Guruh o`yinlarining “V” guruhi 2-turidan o`rin olgan Portugaliya – Marokash bellashuvida o`zbekistonlik FIFA va OFK instruktori Farhod Abdullaev ishlaydigan bo`ldi.

Farhod Abdullaev mazkur uchrashuvga hakamlar nazoratchisi etib tayinlangan. O`zbekiston vakili bilan birgalikda o`yinni olib boruvchi guruh a`zolari quyidagilardan iborat:

JCh–2018. “B” guruhi, 2-tur
Portugaliya – Marokash
Bosh hakam: Mark Geyreg (AQSh)
Qanot hakamlari: Frenk Anderson (AQSh), Jo Fletcher (Kanada)
Zaxira hakami: Sergey Karasev (Rossiya)
Nazoratchisi: Farhod Abdullaev (O`zbekiston)

Boshqa yangiliklar