AsosiyDunyo

Saakashviliga uchta jinoiy ish bo`yicha ayblov qo`yildi

Gruziya bosh prokuraturasi mamlakat sobiq prezidenti Mixail Saakashviliga  ichki davlat qidiruvini e`lon qildi. Bu haqda newsgeorgia nashri xabar bermoqda.

Prokuraturaning ma`lum qilishicha, Saakashviliga qidiruv e`lon qilish to`g`risidagi qaror Gruziya Ichki ishlar vazirligiga yuborilgan. Saakashviliga nisbatan ichki davlat qidiruvi e`lon qilinishi, sobiq prezident Gruziya hududiga kirishi bilan hibsga olinishini anglatadi.

Hozirda Saakashvili uchta jinoiy ish bo`yicha aybdor sifatida ko`rilmoqda. Sobiq prezident  8,8 million lari (5 mln AQSh dollar) noqonunan sarf qilganlikda ayblanmoqda.

Prokuratura Saakashvili davlat qo`riqlash xizmati uchun ajratilgan pullardan oshpaz xizmati, massajchi, chet elliklarning mehmonxona xarajati, Italiyada yaxtalar ijarasi uchun sarflaganini  tasdiqlamoqda.

Saakashvili  yana ikkita jinoiy ish bo`yicha – 2007 yil 7 noyabr kuni namoyishchilarni tarqatib yuborish va Gruziya parlamenti sobiq deputati Valeri Gelashvilining kaltaklanishi to`g`risidagi jinoiy ishlar bo`yicha o`z xizmat vazifasini suiiste`mol qilganlikda ayblanmoqda.

Saakashvili o`tgan yilning noyabr oyida  o`tkazilgan yangi prezident inaugurasiyasidan so`ng mamlakatni tark etgan.

    Boshqa yangiliklar