1

Shavkat Mirziyoev: “O`qituvchini hurmat qilmaganni men ham hurmat qilmayman”

Siyosat 21.06.2018, 12:30
Shavkat Mirziyoev: “O`qituvchini hurmat qilmaganni men ham hurmat qilmayman”

Bu O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida Prezident Shavkat Mirziyoev tomonidan xalq ta`limi tizimini tubdan o`zgartirish, uni zamon talablariga muvofiq takomillashtirish borasida qo`yilgan vazifalar ijrosiga bag`ishlangan videoselektor yig`ilishida alohida qayd etildi, deb yozmoqda O`zA.

Bosh vazir A.Aripov boshqargan yig`ilishda xalq ta`limi tizimidagi o`rganishlar natijalari tahlil etilib, Prezidentimiz sohaning hozirgi ahvolidan umuman qoniqmayotgani, tegishli topshiriqlar berilganiga qaramay sezilarli o`zgarish bo`lmagani tanqid ostiga olindi. Shuning uchun tizimning asosiy rahbarlari o`z lavozimlaridan ozod etildi.

Ta`lim tizimi xodimlarining turli xil tozalash, dala ishlarida dastyorga aylantirilgani ularning ish sifatiga salbiy ta`sir ko`rsatib keldi. Prezident tomonidan majburiy mehnatni taqiqlash bo`yicha tegishli hujjatlar qabul qilinganiga qaramay, joylardagi ayrim mansabdor shaxslar hamon bu “xumor”dan voz kecha olmayotgani achchiq haqiqat.

Endilikda bunday holatlarga butulay chek qo`yiladi va bunday qilmishni sodir etgan shaxslar jinoiy javobgarlikkacha tortiladi.

O`qituvchi – jamiyatdagi eng obro`li kasb egasi bo`lishi darkor. Buning uchun barcha choralar ko`riladi. Zero, jahondagi eng rivojlangan davlatlardan hisoblangan Yaponiya, Singapurda aynan shunday yondoshuv tufayli ular jadal taraqqiy etgan.

Prezident Shavkat Mirziyoev o`qituvchining obro`sini oshirish borasida zarur topshiriqlar berar ekan, “O`qituvchining hurmat qilmagannni men ham hurmat qilmayman”, deb alohida ta`kidlagani videoselektorda alohida qayd etildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1