AsosiyDunyo

73 yoshli Pele uchinchi marotaba uylanmoqda

Barchaga Pele nomi bilan mashhur bo`lgan Edson Arantis du Nasimentu uchinchi marotaba uylanmoqda.

Uch karra jahon chempioni ayni damda 73 yoshda, yangi turmush o`rtog`i esa undan 25 yosh kichik. Asli yaponiyalik bo`lgan biznesvuman Marsiya Sibele Aoki va Pele 2010 yilda tanishishgan. Garchi to`yga katta tayyorgarlik ketayotgan bo`lsada, to`yning aniq sanasi omma e`tiboriga havola etilmayapti. Pele 1966 hamda 1994 yillarda ham oila qurgan. Har ikki turmushidan sobiq futbolchining 5 nafar farzandi bor. 

Eslatib o`tamiz, Pele 1958, 1962, 1970 yillarda jahon chempionatida g`alaba qozongan. Braziliya terma jamoasi tarkibida 92 uchrashuvda qatnashib 77 ta to`p kiritgan.

    Boshqa yangiliklar