Futbol bo`yicha jahon chempionatining 2-turidan o`rin olgan yana bir uchrashuv nihoyasiga etdi. Unda S guruhi vakillari Daniya va Avstraliya terma jamoalari maydonga tushishdi.
Uchrashuvning 7-daqiqasida Kristian Eriksen evropaliklarni hisobda oldinga olib chiqqandi. Biroq bo`lim so`ngiga yaqin Daniya darvozasi tomon penalti belgilandi. Bu safar ham vaziyat videotakrorlar yordamida hal qilindi. Penaltini esa Miley Yedinak aniq amalga oshirib, hisobni tenglashtirdi. O`yinda boshqa gol kiritilmadi.
Ushbu durangdan keyin Daniya hisobidagi ochkolar soni 4taga etgan bo`lsa, Avstraliya hisobida bir ochko mavjud.
S guruhi, 2-tur
Daniya – Avstraliya 1:1 (1:1)
Gollar: Eriksen (7) – Yedinak (38, penalti).
Daniya: Shmeyxel, Ker, Larsen, Dalsgor, Kristensen, Shene, Dileyni, Eriksen, Sisto, Yorgensen (Kornelius, 68), Poulsen (Breytueyt, 59).
Avstraliya: Rayan, Seynsberi, Bexich, Risdon, Milligan, Lekki, Edinak, Muy, Rogich (Irvayn, 82), Kruz (Arzani, 68), Nebbaut (Yurich, 75).
Ogohlantirishlar: Poulsen (37), Sisto (84).






