Xitoyning “Baidu" korporasiyasi yuqori tezlikka mo`ljallangan yangi trassada boshqaruvchisiz avtomobillarini sinovdan o`tkazdi.
Aniqlik kiritilishicha “Baidu" haydovchisiz boshqariladigan avtomobillarini ochiq yo`llarda sinovdan o`tkazish uchun mart oyida hukumatdan ruxsat olgan bo`lgan. Kompaniya ma`lumotiga ko`ra, sinov natijalari ishlab chiqaruvchilarga yangi toifadagi avtoulovlarning atrof-muhitni sezish va o`z-o`zini boshqarish bo`yicha ko`rsatkichlarini aniqlashga yordam beradi.
Yaqin vaqtgacha Xitoy trassalarida “aqlli” avtomobillarni sinovdan o`tkazish noqonuniy hisoblanar edi. Hatto Pekin yo`l posisiyasi 2017 yilning iyulida shahar yo`llarida “Baidu" ning haydovchisiz boshqariladigan avtomobillari sinovdan o`tkazilgani haqidagi OAV xabarlariga asoslanib, surishtiruv ishlarini boshlagan bo`lgan.
"McKinsey & Company" konsalting kompaniyasi prognoziga ko`ra Xitoy yaqin kelajakda sun`iy intelektli avtomobillarning yirik bozoriga aylanadi. Va bu bozor 2030 yildan boshlab mamlakatga har yili 500 milliard dollarlik daromad olib kelishi mumkin.






