AsosiySport

Ravshan Ermatov o`z rekordini o`zi yangilamoqda (foto)

'Ravshan Ermatov o`z rekordini o`zi yangilamoqda (foto)'ning rasmi

Rossiyada futbol bo`yicha jahon chempionati davom etmoqda. Kecha musobaqaning markaziy o`yinlaridan biri Argentina – Xorvatiya uchrashuvi bo`lib o`tdi.

E`tiborlisi, ushbu muhim o`yinni hamyurtimiz Ravshan Ermatov boshqarib bordi. Qayd etib o`tish lozimki, bungacha jahon chempionatlarida eng ko`p o`yin boshqarish (9ta) bo`yicha aynan yurtdoshimiz rekordchi hisoblanardi.

Ushbu bahsda ishlash orqali Ermatov o`z rekordini o`zi yangiladi va mundiallardagi o`yini sonini 10taga etkazib oldi. Ishonamizki, ushbu raqam musobaqa yakunlangunga qadar yana o`zgarib boradi.


Suratlar muallifi Anvar Ilyosov

Boshqa yangiliklar