O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning taklifiga binoan 2014 yil 19-20 avgust kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo`ladi. Bu haqda O`zA xabar beradi.
Xitoy rahbariyati bilan uchrashuvlar chog`ida o`zaro munosabatlarning bugungi ahvoli va istiqboli muhokama etilib, O`zbekiston va XXR o`rtasidagi strategik sheriklikni yanada mustahkamlashning asosiy yo`nalishlari bo`yicha atroflicha fikr almashiladi. Tomonlar mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga ega dolzarb masalalarni ham ko`rib chiqadilar.
Oliy darajadagi muzokaralar yakunida Qo`shma deklarasiya qabul qilish, O`zbekiston va Xitoyning turli sohalardagi hamkorligini izchil rivojlantirishga qaratilgan hukumatlararo va boshqa qator hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.