Kecha mahalliy vaqt bilan 18:00 da Toshkentning Mirobod tumani, Sarako`l ko`chasida Jiguli avtomashinasi haydovchisining boshqaruvni yo`qotiganligi sababli yo`l-transport hodisasi sodir bo`lgan. Bu haqda UZ24 nashri xabar beradi.Oqibatda mashina avtobus bekatiga urilgan va bekatning temir konstruksiyasi buzilib ketgan. Ushbu YTXda faqat avtomobil haydovchisi shikastlangan.