Belarus poytaxti Minsk shahrida shaxmatning tezkor va blis yo`nalishlari bo`yicha jahon chempionati bo`lib o`tmoqda, deb yozmoqda Olamsport nashri.
Musobaqa 8,10 hamda 12 yoshgacha bo`lgan o`smir va qizlar o`rtasida tashkil etilyapti. Jahon chempionatida Sevara Boymurodova boshchiligidagi jami 14 nafar yosh shaxmatchilarimiz yurtimiz sharafini himoya qilishmoqda. Tezkor shaxmat bo`yicha ikkinchi FIDE jahon chempionatining birinchi kuni yosh aql idrok sohiblarimiz uchun omadli keldi.
Dastlabki ikki shaxmatchilar 4ta partiyada o`zaro bahslashishdi. Hamyurtlarimizdan 4 nafari barcha partiyada g`alaba qozoniyu, yuz foizlik natija qayd etishdi. Humoyun Bekmurodov 8 yoshilar bahsida, Olmos Rahmatullaev 12 yoshlilar, Umida Omonova va Mohinur Habibullaeva 12 yoshli qizlar musobaqasida karvonboshiga aylanib olishdi.






