AsosiyJamiyat

Taxta bozorida yong`in sodir bo`ldi

2014 yilning 18 avgust kuni soat 02:24da «HELPING REALIZATSION»  MChJ xududida joylashgan taxta bozorida olovdan noto`g`ri foydalanish oqibatida yong`in sodir bo`ldi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xabarda yozilishicha, yong`in o`z vaqtida etib kelgan o`t o`chiruvchilar tomonidan tezda o`chirilgan.

“Qurbonlar va jaroxatlanganlar yuq. Yong`in natijasida 300 m.kv.ga yaqin taxta yongan. Hozirda zarar miqdori aniqlanmoqda”,-deyiladi IIV xabarida. 

    Boshqa yangiliklar